<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Senga yaqinlashsam (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Gunohkor tanamiz
 Qariydi asta,
 Koʻngilda gumonlar
 Ariydi asta.
 Hech kimligim bildim,
 Boʻlmay barvasta
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.

[V2]
 Tuning bir moʻjiza
 Moʻjiza kuning,
 Olamni yoritar Nuring, uchquning
 Faqat kechir meni
 Ishqda majnuning
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.

[V3]
 Har bitta qadamim
 Senga yetaklar,
 Yomon boʻlib chiqdi
 Yolgʻon &quot;ertak&quot;lar
 Kechirgin gunohni
 Sevar erkaklar
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.

[V4]
 Oʻzimni oqlashga
 Yoʻqdir bahonam,
 Yuragim gunohda,
 Gunohda tanam.
 Shu sabab mahzunman,
 Yuzlarimdir nam
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.

[V5]
 Tunlari koʻzimdan
 Qochardi uyqu
 Hayotimni tushib
 Quygan edim chuv
 Shayton yuragimga
 Solardi qoʻrquv
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.

[V6]
 Bir kuni haqiqat
 Ochildi birdan,
 Meni voqif qilding
 Bebaho sirdan.
 Xushxabaring ozod
 Qildi asirdan
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.

[V7]
 Faqat shukur aytib
 Yashamoqdaman.
 Iso bilan qadam
 Tashlamoqdaman.
 Sevgi ekanliging
 Anglamoqdaman
 Senga yaqinlashsam
 Yaratgan Egam.</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>